Tashqi savdo vazirligiga yangi vazir tayinlandi
Sardor Umurzoqov | Arxiv foto
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi Sardor Umurzoqov Oʻzbekiston Tashqi savdo vaziri etib tayinlandi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.
U bu lavozimda Jamshid Xoʻjayev oʻrnini egalladi.
Sardor Oʻktamovich Umurzoqov 2018 yilning 1 iyun kuni “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining raisi etib tasdiqlangandi. U bundan avval “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
Sardor Oʻktamovich Umurzoqov 1977 yilning 23 noyabr kuni tugʻilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring