Tashqi ishlar vazirligida muhim tayinlov amalga oshirildi
Sanjar Valiyev Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi direktori etib tayinlandi.
48 yoshli Sanjar Valiyev shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Tashqi aloqalar xizmatida ishlab kelgan. Shuningdek, uzoq yillar davomida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida, shuningdek, mamlakatimizdagi boshqa tahlil markazlarida tashqi siyosat masalalari bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borgan.
U nemis va ingliz tillarini biladi.
Sanjar Valiyev 2019-2023 yillarda Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga rahbarlik qilgan Doniyor Qurbonov o‘rniga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi 2016 yilda tashqi siyosat, xalqaro siyosiy va iqtisodiy aloqalar sohasida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish maqsadida tashkil etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring