Tashqi ishlar vazirligida “Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo” formatidagi tadbirlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

13:28 02 Iyun 2023 Siyosat
512 0

Tashqi ishlar vazirligida Yevropa mamlakatlari va Yevropa ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi Oybek Shaxavdinov va Yevropa ittifoqi delegatsiyasi rahbari Sharlotta Adrian oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Yevropa ittifoqi oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ikki tomonlama va mintaqalararo shaklda boʻlajak tadbirlar muhokama qilindi.

Xususan, boʻlajak “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti kun tartibi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qoʻshma tadbirlarni tashkil etish amaliyotini davom ettirishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер