Tashqarida kamida 40 daraja issiq — deputat tonirovkani pullik qilishni oʻylab topgan hurmatli rahbarlarga taklif bilan chiqdi

13:13 02 Iyul 2021 Jamiyat
897 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor Gʻaniyev bu haqida, jumladan, shunday deb yozadi:

"Tashqarida kamida 40 daraja issiq. Tabiiyki, bunday issiqda fuqarolarning iqtisodiy faolligi va mehnat samaradorligi pasayadi. Kunduzi issiqdan jon saqlab, kechki salqinda koʻchaga chiqay desang, karantin cheklovlari sabab soat 20:00dan keyin deyarli barcha xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyati ham toʻxtatilyapti.

Qisqasi, yozning jazirama issiq kunlari nafaqat fuqarolarga noqulaylik yaratilyapti, balki mamlakat YAIM, ayniqsa xizmat koʻrsatish sohalari rivojiga qattiq zarba boʻlyapti.

Lekin birgina yilning issiq mavsumida avtomobil oynalarini qoraytirishga bepul yoki minimal toʻlovlar asosida ruxsat berilishi fuqarolarning iqtisodiy faolligi va samaradorligi oshishi hamda mamlakat iqtisodi oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi aniq.

Tonirovkani pullik qilishni oʻylab topgan hurmatli rahbarlar, odamlarni oʻylamasangiz ham, hech boʻlmasa iqtisodiyotni, soliqlar tushumini oʻylang iltimos. Iqtisodiyot oʻsishi, byudjetga koʻproq pul tushishini istasangiz, tonirovka narxlarini yoz oylari uchun bekor qiling".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер