Tashlandiq bogʻcha endi yangi qiyofada

14:29 13 Dekabr 2021 Jamiyat
674 0

Foto: "Xalq so'zi"

Samarqand viloyati Toyloq tumani “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yigʻini Bachki qishlogʻida 43-maktabgacha taʼlim tashkilotining zamonaviy qiyofadagi yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Bogʻchaning eski binosi xarob va tashlandiq ahvolga kelib qolgani bois, mana necha yildirki, faoliyatini toʻxtatgan edi. Investitsiya dasturi asosida 3 milliard 313 million soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan yangi bogʻcha  200 nafar bolajonni maktabgacha taʼlimga qamrab olish imkoniyatga ega boʻlib, bu yerda yaratilgan qulayliklar havas qilarli darajada.

Endi bogʻcha yoshidagi oʻgʻil-qizlari zamonaviy sharoitda taʼlim-tarbiya olishidan mamnun qishloq ahli bundan behad minnatdor.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер