Toshkentda garajlar o‘rniga ko‘p qavatli avtoturargohlar quriladi

12:28 29 May 2018 Jamiyat
2521 0
Foto: Тoshkentda qurilishi rejalashtirilgan avtoturargoh loyihasi

Toshkentda aholi turar joylardagi eski temir garajlar o‘rniga zamonaviy ko‘p qavatli parkovkalar quriladi, deb yozadi Sputnik.

“Hozirda biz ko‘p qavatli turargohlar qurish uchun bir nechta joylarni ko‘rib chiqyapmiz. Masalan, Bibigon kafesining orqa tomonida ayni vaqtda temir garajlar joylashgan joy bor, yana bitta shunday joy — Qorasuv-6 da. Hozircha aniq manzillarni va bunday avtoturargohlarning aniq sonini aytish qiyin”, — deydi Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Ergashev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qurilishni boshlash uchun ko‘plab hujjatlarni muvofiqlashtirish kerak. Masalan, Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli turargohlarni barpo etish uchun bir qator joylar mart oyidayoq aniqlab olingan.

“O‘ylaymanki, yilning ikkinchi yarmi, masalan, iyuldan bu qurilishlar ko‘rinib qoladi. Bunday qurilish muqarrar, chunki kelajak aynan shunday turargohlar ortida, boshqa yo‘l yo‘q. Axir bunday amaliyot dunyo tajribasiga asoslangan”, — deya o‘z fikrini bildirgan hokim.

Avtoturargohlarning qavatlarining soni loyiha va qurilish uchun tanlab olingan joyga bog‘liq bo‘ladi deb qo‘shimcha qildi Ergashev. Uning taxminiga ko‘ra, turargohlar misol uchun, yer osti va ikki-uch yer usti qavatlariga ega bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер