“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi qoldirildi
Joriy yilning 23-25-aprel kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi keyinga qoldirildi.
Bunday qaror Forum qatnashchilari, shu jumladan xorijiy mehmonlar va yurtimiz fuqarolari orasida Koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilindi.
Tashkiliy qoʻmita ilgari roʻyxatdan oʻtgan shaxslarni Forum qoldirilgani haqida xabardor qilish boʻyicha ishlarni tashkillashtiradi, shuningdek, Forumning oʻtkaziladigan aniq sanalarini qoʻshimcha ravishda keyinroq eʼlon qiladi.
Eʼtibor bering! Forumning keyinga qoldirilishi ilgari eʼlon qilingan “Eng yaxshi yuridik xizmat”, “Eng yaxshi advokatlik tuzilmasi” respublika tanlovlari oʻtkazilishiga taʼsir koʻrsatmaydi.
Forum haqida batafsil maʼlumotlarni http://tashkentlawspring.uz sayti yoki (+99871) 268-28-41, (+99871) 268-28-43 telefon raqamlari orqali olish mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring