"Tashkent Fashion Week — 2018": Oʻzbek moda brendi dunyo eʼtiborida
Foto: Dinara Chirkova / “Xalq so‘zi”.
Yoshlar ijodiyot saroyida “Osiyo ramzi” Respublika dizaynerlar assotsiatsiyasi hamda Toshkent shahar hokimiyati bilan hamkorlikda “Tashkent Fashion Week — 2018” modalar haftaligi tashkil etildi.
Tadbir doirasida matbuot konferensiyasi va “Anʼanaviylik va zamonaviylik” koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, “Beyoung” — yosh dizaynerlar tanlovi oʻtkazildi.
Tadbirda Italiya, Fransiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardan taniqli mutaxassislar, yetakchi dizayner va ekspertlar qatnashmoqda. Ular tomonidan hafta mobaynida sohaning yosh vakillari uchun turli mahorat darslari oʻtkazilishi, shuningdek, oʻzbek va xorijiy dizaynerlarning mualliflik chiqishlari, “Milliy liboslar” festivali va boshqa koʻplab tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur haftalik oʻzbek moda brendlariga dunyo eʼtiborini jalb etib qolmay, yosh dizaynerlarimizning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga, yangi iqtidor sohiblarini kashf etishga xizmat qiladi.
Haftalik 26 noyabrga qadar davom etadi.
Yulduz OʻRMONOVA.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring