“Tashabbusli byudjet” orqali mahalla binosi qurib bitkazildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Samarqand viloyatining Nurobod tumanida mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun yangi binolar qurish va moddiy texnik ba'zasini mustahkamlash, shu orqali xodimlar uchun yetarlicha shart-sharoit yaratishga katta e'tibor qaratib kelinmoqda.
Xususan, o‘tgan 2022-yilda “Tashabbusli byudjet” elektron platformasi orqali g‘olib deb topilgan tumandagi “Qilichli” mahallasi binosini qurish uchun 450 million so‘m mablag‘ ajratilgan edi. Mazkur mablag‘ evaziga mahalla fuqarolar yig‘inining binosi yangidan qurilib, mahalla faollari uchun munosib sharoit yaratib berildi.
Yangi mahalla binosining ochilish marosimida viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi va tuman hokimligi mas'ullari hamda mahalla faollari ishtirok etib, binoda samarali ishlash uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.
Tadbirda so‘z olganlar yig‘ilganlarni zamonaviy va ko‘rkam bino bilan qutlab, mahallaning bugungi hayotimizdagi muhim o‘rni haqida to‘xtalishdi.
Abdulaziz Yo‘ldoshev, “Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring