Tashabbuskor va faol nomzodlar saylanmoqda

23:34 16 May 2022 Jamiyat
615 0

Foto: Халқ сўзи

Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining joriy yil 16-martdagi “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori asosida Xorazm viloyatida ham ushbu tadbir yuqori saviyada oʻtkazilmoqda.

Avvalo, saylovni tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi viloyat, tuman va shahar komissiyalari, ishchi guruhlar tomonidan aholi oʻrtasida keng targʻibot ishlari olib borildi. Mahalla fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga obroʻ-eʼtiborli, faol va tashabbuskor nomzodlar koʻrsatildi. Har bir koʻcha, qishloqdan vakillar yigʻilishida ishtirok etuvchilar roʻyxati shakllantirildi.

Bogʻot tumanidagi “Yangi qadam” shaharcha fuqarolar yigʻini raisi saylovi ham qonunchilik talablari asosida, hudud aholisi faolligi ostida oʻtdi. Vakillar shaharcha fuqarolar yigʻini raisligiga nomzodlarning dasturi bilan tanishib, ularning tashkilotchilik, tashabbuskorlik fazilatlariga alohida eʼtibor qaratdilar. Oybek Bekturdiyev koʻpchilik ovoz bilan “Yangi qadam” shaharcha fuqarolar yigʻini raisi etib saylandi.

— Prezidentimiz tomonidan mahallaning ijtimoiy mavqeyini yuksaltirish, vakolatlari doirasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar juda yaxshi samara bermoqda, — deydi mehnat faxriysi Oʻrinboy Safoyev. — Ayniqsa, har bir mahallada hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli lavozimlarining joriy etilishi, xonadonbay ishlash orqali kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar alohida eʼtirofga loyiq. Ana shu ishlarni muvofiqlashtirish, xalqimizning rozi qilishda mahalla oqsoqoli zimmasiga juda katta masʼuliyat yuklanadi. Biz bugun 3 ta nomzod orasidan ana shu vazifalarni uddalay oladigan eng munosibini mahallamizga rais qilib sayladik. Endi keksayu yosh – barchamiz uning atrofida jipslashib, oldimizda turgan ezgu maqsadlarni amalga oshiramiz.

Xorazm viloyatida may oyi oxirigacha 526 ta mahallada fuqarolar yigʻini raisi saylovi oʻtkaziladi.

Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер