Tarixda birinchi marta insonga choʻchqa buyraklari koʻchirib oʻtkazildi
Foto: РИА «Новости»
Amerika Qoʻshma Shtatlarda tarixda birinchi marta bir vaqtning oʻzida insonga ikkita choʻchqa buyragi koʻchirib oʻtkazildi. Transplantatsiya qilishdan oldin hayvonning genomi tuzatildi, inson immunitet tizimi tomonidan rad etishga olib keladigan joylar olib tashlangan.
Chet aʼzolarni rad etadigan inson immuniteti uzoq vaqtdan beri transplantologiyaning asosiy muammolaridan biri boʻlib kelgan. Genetiklar keyingi yillarda “doʻst yoki dushman”ni aniqlash tizimining ishlashi uchun masʼul boʻlgan genlarni qanday olib tashlashni oʻrganishdi.
Shu tariqa ular choʻchqaning yuragini maymunga, keyin esa oʻta ogʻir kasal odamga koʻchirib oʻtkazishga muvaffaq boʻlishdi.
Endi miyasi oʻlgan 57 yoshli erkakka bir vaqtning oʻzida ikkita choʻchqa buyragi koʻchirib oʻtkazildi. U komaga tushib qolgan edi. Ammo bungacha bemor oʻz tanasi va aʼzolarini fan manfaati uchun xayriya qilgan. Olimlar eksperimental operatsiya oʻtkazish uchun uning qarindoshlaridan ham rozilik olishdi.
Operatsiya muvaffaqiyatli oʻtgan. Ikkala organ ham jarrohlik operatsiyasidan yarim soat oʻtgach qonni zaharli moddalardan tozalashni boshlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring