“Targʻibot poyezdi” loyihasiga start berildi
Prezident sayloviga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Mazkur siyosiy jarayonda talabalarning faol ishtirokini taʼminlash, saylovga oid bilimlarini rivojlantirish hamda ularga vatanimiz ravnaqi yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini yetkazish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Targʻibot poyezdi” loyihasiga start berildi.
Loyiha respublikaning 14 ta hududida joylashgan oliy taʼlim muassasalari va filiallarida joriy yilning 13 — 15-oktabr kunlari oʻtkaziladi.
Loyiha doirasida Toshkent davlat yuridik universitetining malakali professor-oʻqituvchilari boshchiligidagi iqtidorli talabalardan iborat targֲʼibot guruhlari tomonidan hududlardagi oliy taʼlim muassasalari va filiallari talabalarining saylovga oid bilimlarini oshirishga qaratilgan oʻquv seminarlari, maʼnaviy tadbirlar tashkil qilinadi.
“Targʻibot poyezdi” bugun Toshkent shahridan yoʻlga chiqdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring