Taqdimot: yangi metro vagonlari qanday qulayliklarga ega?
Toshkent Markaziy temir yoʻl vokzalida Toshkent metropoliteni uchun keltirilgan 20 ta zamonaviy metro vagonlarining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Rossiyaning «Metrovagonmash» AJda ishlab chiqarilayotgan 81-765/766/767 rusumli metropoyezdlar ayni paytda Oʻzbekiston, Moskva, Qozon va Boku metropolitenlarida ekspluatatsiya qilinmoqda.
Xususan, poytaxtimiz metropoliteni uchun yangi ishlab chiqarilgan ana shu turdagi vagonlar esa oʻzgacha usulda boʻyalgan. Vagonlarning yon tarafi va eshiklari oq rangda. Butun harakat tarkibi boʻylab gorizontal ravishda Oʻzbekiston milliy bayrogʻining ranglari mujassam etgan chiziq tortilgan.
Bundan tashqari, poyezdning tom qismi havorang tusda, old qismi esa qora rangda. Shuningdek, old qismida yoʻnalishni koʻrsatuvchi elektron satri joylashgan boʻlib, unda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ ramzi aks etgan.
Bu hali hammasi emas. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ axborot-tahliliy media markazi maʼlumotiga koʻra, 81-765/766/767 rusumli metro vagonlari yangi texnik yechimlarga ega boʻlib, elektr energiyasini 35 foizgacha tejaydi, uchinchi avlod dvigatelining qoʻllanilishi ekspluatatsion xarajatlarni 40 foizgacha qisqartiradi.
Yangi vagonlar yana bir qator texnik imkoniyatlar va afzalliklarga ega.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring