Tanzila Narbayeva 29-iyun – 2-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan Ozarbayjon Respublikasida boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan joriy yilning 29-iyun – 2-iyul kunlari Ozarbayjon Respublikasida boʻladi.
Tashrif doirasida parlament delegatsiyasi ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi, shuningdek, ikki mamlakat xotin-qizlarining iqtisodiy imkoniyatlari va salohiyatini kengaytirishga qaratilgan Oʻzbekiston va Ozarbayjon tadbirkor ayollarining birinchi biznes-forumi tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston delegatsiyasining Qoʻshilmaslik harakati parlament tarmogʻi majlisida ishtirok etishi ham rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring