Tanzaniya va Oʻzbekiston oʻrtasida turizm sohasida uchrashuv boʻlib oʻtdi
19-oktyabr kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining sessiyasida ishtirok etayotgan Tanzaniya tabiat resurslari va turizm vaziri Anjella Jasmin bilan Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmita raisi Umid Shadiyev oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mehmon Oʻzbekistonda taʼlim sohasiga, inson kapitalini yaratishga hukumat darajasida katta eʼtibor qaratilayotganligi Oʻzbekistonning kelajagi mustahkamligini dalolati deb qayd etdi. U “ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida mavjud taʼlim grantlari, yaratilgan imkoniyatlarga qiziqishi kattaligini taʼkidladi.
A. Jasmin bilan uchrashuv yakuniga koʻra, Universitetga tanishtiruv sayohatini tashkil qilish, taʼlim sohasida hamkorlik boʻyicha loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring