Tanlov gʻolibi aniqlandi

19:13 30 Aprel 2019 Jamiyat
1674 0

Nukusda “Hamshira-2019” tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida gʻolib boʻlgan 22 nafar hamshira oʻzaro bellashdi.

Tanlov uchta shart boʻyicha olib borildi. Xususan, “Hamshira tashrifi” deb nomlangan birinchi shartda hamshiralar sahnada oʻzi, kasbi, yashayotgan hududi toʻgʻrisida maʼlumotlar, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar borasidagi bilimi aks etgan koʻrinishlar namoyish etishdi. Keyingi shartlar boʻyicha esa ularning nazariy va amaliy bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

Yakunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi silga qarshi kurashish bolalar sanatoriysi hamshirasi Dilbar Saparbayeva gʻolib deb topildi. Keyingi oʻrinlar Kegayli tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Saltanat Joldasbayeva hamda Ellikqalʼa tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Shahnoza Bekjanovaga nasib etdi.

Gʻoliblar maxsus diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Hidoyat AHMEDOV.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер