Taniqli aktyor Xarrison Ford yangi komedik serialda suratga tushadi

16:05 06 Aprel 2022 Dunyo
1673 0

Xarrison Ford “Apple” kompaniyasining “Qisqartirish” (Shrinking) komedik serialida suratga tushish uchun shartnoma imzoladi. Bu haqda kanobu.ru internet nashri xabariga tayanib Kinematografiya agentligi Axborot xizmati maʼlum qildi.

Serial qahramoni Jimmining kasbi ruhshunos boʻlib, u mijozlar bilan ishlash davomida kasbiy etikani buza boshlaydi. Uning xatti-harakatlari nafaqat bemorlarning, balki oʻzining hayotida ham kutilmagan oʻzgarishlarga olib keladi.

Xarrison Ford Jimmining ustozi doktor Fil Rods rolini oʻynaydi. Bu aktyor karyerasidagi birinchi televizion rol hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер