Taʼminotda raqamlashtirish tizimi oʻz samarasini bermoqda

17:05 10 Yanvar 2023 Jamiyat
599 0

Foto: Xalq so‘zi

Qish-qirovli kunlarda tabiiy gaz taʼminoti kunning asosiy masalalaridan biriga aylanadi. Inchunun, maishiy gaz ballonlaridan foydalanuvchilar tashvishi har qachongidan ortadi. Andijon viloyatida bu boradagi muammolarga chek qoʻyish, taʼminotdagi shaffoflikni kafolatlash maqsadida ID karta tizimi yoʻlga qoʻyilgani oʻz samarasini beryapti.

Buloqboshi tumanidagi «Baynalminal» mahalla fuqarolar yigʻini togʻ bagʻrida joylashgan boʻlib, ushbu manzilda aholining eng katta ehtiyoji maishiy gaz ballonlari bilan bogʻliq. Bu yerdagi 799 nafar isteʼmolchi 1 ming 116 ta maishiy gaz ballonidan foydalanadi.

— Bundan bir yil avval onlayn tizim orqali gaz yetkazib berish boshlangan vaqtlarda bizda tushunmovchilik koʻp boʻlgan, — deydi baynalminallik mehnat faxriysi Ozodbek Toʻlanov. — Bu ayrim noroziliklarni ham keltirib chiqargan edi. Hozirda ushbu tizimdan barcha mamnun. Maxsus karta orqali gaz uchun toʻlovning yechib olinishi har tomonlama qulay ekan.

— Oʻtgan yili suyultirilgan gaz isteʼmolchilarga toʻliq onlayn tizim asosida yetkazildi, — deydi «Hududgaz Andijon» gaz taʼminoti filiali direktori oʻrinbosari Zafarbek Qahhorov. — Aholining 4 million 65 mingdan ortiq maishiy gaz ballonlari toʻldirib berildi. Joriy yilda bu raqamni yanada oshirish, ayniqsa, mana shunday ayozli kunlarda chekka, olis hududlardagi xonadonlarga suyultirilgan gazni uzluksiz yetkazishga harakat qilinmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер