Talimarjon issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
Stansiyada energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish orqali oʻz ehtiyoji uchun sarflanadigan elektr energiyasini quyosh panellaridan qoplash choralari koʻrilmoqda.
Mazkur yashil stansiya ishga tushirilishi natijasida korxonada yiliga qoʻshimcha 1,8 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Buning natijasida yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Maʼlumot uchun: ushbu fotoelektr stansiyasiga monokristall turidagi 1500 dan ortiq panellar oʻrnatilgan boʻlib, stansiya “On Grid” rejimida ishlashga moʻljallangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring