“Talimarjon IES”ning quvvati yanada ortadi

11:06 29 Oktyabr 2024 Jamiyat
395 0

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimizdagi eng yirik elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilardan biri — “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi.

2023-yilning yanvarida ushbu korxonada umumiy quvvati 1065 MVt boʻlgan yana ikkita bugʻ-gaz qurilmasini barpo etish boʻyicha ishlar boshlab yuborilgandi.

Taʼkidlash joiz, umumiy qiymati 944,87 million dollarni tashkil etadigan mazkur bugʻ-gaz qurilmalarini eng zamonaviy texnologiyalar asosida bunyod qilish rejalashtirilgan boʻlib, uning qurilishi Ispaniyaning “Intecsa Ingeniera Industrial” va Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda.

— Loyihaning tugallanish muddati 2025-yilning sentyabr oyi etib belgilangan, — deydi “Talimarjon IES” AJ bosh direktori Jasur Pirmatov. — Yangi quvvatlar ham toʻliq ishga tushirilgach, korxona yiliga qoʻshimcha qariyb 8 milliard kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Yuqori tejamkor texnologiyalarni qoʻllash hisobiga yiliga 600 million kub metrga yaqin tabiiy gaz tejalishiga erishiladi. Korxonada yuzdan oshiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Ayni paytda loyiha qurilishida 2500 dan ziyod xodim mehnat qilmoqda. Ulardan 368 nafarini xorijlik mutaxassislar tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер