Nima uchun talabalarning stipendiyasi kechiktirilib toʻlanmoqda?
Talabalarning stipendiya toʻlovlarida kechikish holatlari bor ekan. Buning sabablari nimda? Ushbu savolga Oliy va oʻrta maxsustaʼlim vazirligi Axborot xizmati rahbari Farhod Babashev javob berdi.
“Karantin davrida talabalarga belgilangan tartibda stipendiya toʻlab beriladi. Faqatgina toʻlov turida oʻzgarish boʻlishi, naqd pul koʻrinishida olayotganlarga stipendiya puli talabaning plastik kartasiga tushirib beriladi.
Respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalarida talabalarga joriy yil mart oyi uchun stipendiyalar toʻlab berilgan. Shu bilan birga ayrim holatlarda toʻlov-kontrakt pulini toʻlamaganligi, akademik qarzdorligiyoki bank plastik kartasi berilmaganligi uchun stipendiya toʻlashda kechikishlarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.
Bank plastik karatalarini ochish esa aksariyat hollarda talabalar tomonidan toʻlov-shartnoma shartlarining kech bajarilishi oqibatida yuzaga kelgan”, deydi Babayev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring