Talabalarni turarjoy bilan taʼminlash — muhim vazifa

19:03 14 Avgust 2025 Jamiyat
297 0

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalarni turarjoy va ijara uylari bilan taʼminlash maqsadida maʼlumotlar markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Ushbu markazda institutning talabalarni turarjoy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi mutaxassislari, tyutorlar va volontyorlar tomonidan talabalarga amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Institutda yangi oʻquv yili arafasida Nukus shahrida talaba qizlar uchun 1076 oʻrinli, yigitlar uchun 93 oʻrinli, Ellikqalʼa tumanida 225 oʻrinli talabalar turarjoylari tayyor holatga keltirildi.

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida uch joyda – 100, 400 va 362 oʻrinli talabalar turarjoyi yangi oʻquv yilida talabalarni qabul qilmoqda. Shu bilan birga, institut atrofidagi mahallalarda 600 ga yaqin ijara uylarining sharoitlari oʻrganilib, yangi oʻquv yiliga tayyorlab qoʻyildi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini turarjoy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida tasdiqlangan reglamentga muvofiq, talabalarning yotoqxonalarga joylashish boʻyicha arizalari joriy yilning 1-avgust kunidan boshlab, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali qabul qilinmoqda. Reglament asosida dastlab imtiyoz va ustunlikka ega nomzodlar talabalar turarjoylariga qabul qilinadi.

Gʻayrat OTAJONOV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер