Tajribali matbuot kotibi qanday malaka va koʻnikmaga ega boʻlishi lozim?

11:14 29 Noyabr 2023 Jamiyat
233 0

Kecha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davlat organlari va tashkilotlar axborot xizmatlari rahbarlari uchun navbatdagi oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Prezidenti maslahatchisi Suma Chakrabatining Aloqalar boʻyicha maslahatchisi, mohir ekspert Jonatan Charlz seminarda “Jurnalistikadan uzoqlashib, haqiqiy matbuot kotibi sifatida ishlash: bu jarayonda rejalashtirishning ahamiyati” yuzasidan koʻrgazmali vositalar bilan taqdimot oʻtkazdi.

Xususan, matbuot kotibi ommaviy axborot vositalari vakillaridan farqli oʻlaroq, asosiy maʼlumotni ajrata olishi, shuningdek, muammo bilan birga masalaga yechim ham koʻrsata olish qobiliyatiga ega boʻlishi lozimligi taʼkidlandi.

Oʻquv seminari oʻz mohiyatiga koʻra matbuot kotiblari faoliyatini yanada yaxshilashda ahamiyatli va savol-javoblar tarzida oʻta qiziqarli boʻlib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер