Tailandda oʻtkazilishi rejalashtirilgan musobaqa keyinroqqa qoldirildi
2021-yil Tailandning Bangkok va Chonburi shaharlari mezbonlik qilishi kerak boʻlgan Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari koronavirus pandemiyasi va uning yangi toʻlqinlari sabab 2024-yilning fevral-mart oylariga koʻchirilgan edi.
Biroq ayni paytda deyarli barcha davlatlar bor eʼtiborini Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga qaratayotgani bois Tailandda oʻtkazilishi rejalashtirilgan musobaqa keyinroqqa qoldirildi.
Osiyo Olimpiya kengashining maʼlum qilishicha, bu galgi Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari Parij-2024 Olimpiadasidan soʻng oʻtkaziladi. Aniq sanalar esa keyinroq rasman maʼlum qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring