Tailandda bir vaqtning oʻzida koronavirusning ikki shtammini yuqtirish holatlari qayd etildi

20:45 12 Iyul 2021 Dunyo
1231 0

Illyustrativ foto

Tailandda shifokorlar ayrim bemorlarda bir vaqtning oʻzida koronavirusning ikki shtammini yuqtirish holatlarini aniqladilar.

Sogʻliqni saqlash vazirligi vakili Suhakit Sirilakning aytishicha, ushbu holat poytaxt Bangkokda qayd etilgan va bemorlarda “delta” va “alfa” shtammlari aniqlangan.

Uning aniqlik kiritishicha, jami bunday bemorlarning soni yetti nafarni tashkil etmoqda va hozir ular izolyatsiyaga olingan.

“Haddan tashqari zich sharoitlar bunday gibrid holatlarni ommaviy yuqtirish mumkin”, deydi Sirilak.

Uning soʻzlariga koʻra, ushbu bemorlarda hali hech qanday alomat yoʻq.

Sirilak yaqin kelajakda “COVID-19”ning “delta” turi Tailandda keng tarqalgan “alfa” shtammini asta-sekin almashtirishi mumkin.

Yaqinda Belgiyada koronavirusning ikkita shtammini yuqtirish tashxis qoʻyilgan 90 yoshli ayol vafot etgan edi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, u turli odamlardan ushbu shtammlarni yuqtirgan boʻlishi mumkin. Chunki oʻsha paytda “COVID-19” ushbu ikki mutatsiyasi mamlakatda qayd etilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер