Tailand qirollik oilasi liboslari koʻrgazmasi oʻtkazildi

18:59 19 Oktyabr 2023 Jamiyat
572 0

Joriy yil 18-oktyabr kuni Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida Tailand qirolligi Ipakchilik departamenti rasmiy vakili Tanyaluk Promma hamkorligida “Tailand qirollik libosi” nomli koʻrgazmaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. 

Koʻrgazmani Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Vaxobjonovich Nuriddinov va Tailand ipagi elchisi Tanyaluk Promma ochib berdi.

“Tailand qirollik libosi” nomli koʻrgazmada Tailand qirolligining toʻqqiz xil ayollar liboslari namoyish etildi. Shu bilan birga, koʻrgazmada Qirollik libosiga bagʻishlab chop etilgan kitoblar namoyishi ham boʻlib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер