Taekvondo: Ulugʻbek Rashidovdan yana bir tarixiy natija
Parij shahrida oʻtayotgan taekvondo WT boʻyicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
-68 kg. vazn toifasida bahs olib borgan Ulugʻbek Rashidov oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Yurtdoshimiz murosasiz kechgan final jangida braziliyalik Edivak Pontes ustidan gʻalaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.
Qayd etish joiz, Rashidov bu bilan ketma-ket ikki bor Gran-pri turnirida gʻalaba qozongan ilk oʻzbek taekvondochisiga aylandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring