Tadbirkorlik subyektlari taqdim etadigan hisobot va statistik maʼlumotlar soddalashtiriladi

14:44 01 Fevral 2024 Jamiyat
295 0

Tadbirkorlikni izchil rivojlantirishda ishbilarmonning harakati bilangina ish bitmaydi. Bunda, albatta, davlatni oʻrni va roli boʻlishi kerak. Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori biznes sohasi vakillari uchun qator qoʻshimcha imtiyoz va imkoniyatlarni yaratdi.

Mazkur hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan Biznes-Ombudsman Namangan viloyati vakillari tomonidan ham keng miqyosdagi targʻibot tadbirlari amalga oshirilayotir. Keyingi kunlarda oʻndan ortiq shahar va tumanlarda yuqoridagi Farmon va qaror, shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan suhbatlar tashkil etilib, ularda 200 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari mutasaddilari ishtirok etdilar.

— Biznesning muvaffaqiyatida uning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi, xususan, soliq, bojxona xizmatlari, eksport borasidagi yengilliklar tadbirkorga qanot boʻladi, — deydi Namangan shahridagi “Madadkor taʼminot” xususiy korxonasi rahbari Bahodir Asadov. — Biznes — Ombudsman tomonidan bugun oʻtkazilgan muloqotda tadbirkor tomonidan taqdim etilishi lozim boʻlgan hisobot va statistik maʼlumotlar keskin qisqartirilganligi haqida batafsil bilib oldim. Demak,endi ushbu yoʻnalishdagi ishlar uchun sarflaydigan vaqtimiz qisqaradi, uni muhimroq yumushlarga sarflaymiz.

Biznes-Ombudsman Namangan viloyati vakillarining targʻibot uchrashuv va muloqotlari davom etmoqda.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер