Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmaga xalqaro moliya institutlari tomonidan mablagʻlar jalb qilingan

14:03 22 Fevral 2023 Jamiyat
728 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Jamgʻarma boshqarma boshligʻi Joʻrabek Xajiyev maʼlum qildi.

Jamgʻarma tadbirkorlarga ikki turdagi moliyaviy yordamlar koʻrsatadi: bular kafillik va kompensatsiya.

Jamgʻarma 2022-yil mobaynida kompensatsiya boʻyicha 528 mlrd soʻm majburiyat olgan, shu bilan birga jami majburiyat 6 106 mlrd soʻmga yetgan. Olingan jami kompensatsiya majburiyati boʻyicha 2022-yilda 1 117 mlrd soʻm toʻlab berilgan.

Kafillik boʻyicha esa 2022-yilda 1 192 mlrd soʻm majburiyat olingan boʻlib jami 10 330 mlrd soʻmga yetgan. Olingan jami kafillik majburiyati boʻyicha 2022-yilda 5,3 mlrd soʻm toʻlab berilgan.

2022-yil mobaynida Jamgʻarmaga Xalqaro moliya institutlari tomonidan jami 12,9 mln dollar va 6,5 mln yevro mablagʻlari jalb qilindi. Xususan, Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish loyihasi doirasida kafillik taqdim etish uchun Jahon bankidan 10 mln dollar miqdorida 1-transh mablagʻlari; Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasidan qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya loyihasi boʻyicha kafillik taqdim etish uchun – 2,9 mln dollar va Fransiya taraqqiyot agentligidan chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish loyihasi doirasida kafillik va kompensatsiya taqdim etish uchun – 6,5 mln yevro jalb qilindi.

Oʻtgan 2022-yil mobaynida Jamgʻarmaning moliyaviy yordamlaridan foydalanib kelgan eng faol tijorat banki, Respublika hududi va soha aniqlandi.

Jamgʻarmaning tahliliy natijalariga koʻra, moliyaviy yordamlardan eng koʻp foydalangan tijorat banki kafillik boʻyicha Agro bank – 257 mlrd soʻmdan koʻproq, kompensatsiya boʻyicha Milliy bank – qariyb 72 mlrd soʻm;

Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, Kafillik boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 145 mlrd soʻm, kompensatsiya boʻyicha esa Surxondaryo viloyati – 63 mlrd soʻm bilan yetakchilik qilmoqda;

Sohalar kesimida esa Xizmatlar sohasi eng yuqori koʻrsatkichni egallab turibdi. Bunda, kafillik 400 mlrd soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, kompensatsiya esa qariyb 216 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер