Tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat oʻrtasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi
“Tadbirkorlik subyektlari hamda ilmiy hamjamiyat oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Mazkur qarorga koʻra, 2026-yil 1-iyulgacha tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini taʼminlash maqsadida bir qator imkoniyatlarni oʻz ichiga olgan maxsus elektron platforma ishlab chiqilishi belgilandi:
Jumladan:
- yaratilgan yangi ishlanmalar boʻyicha tadbirkorlar va investorlar uchun batafsil maʼlumotlarni aks ettiruvchi elektron shaklda yuritiladigan Yangi ishlanmalar bazasini tashkil etish;
- ilmiy izlanuvchilar va ularning tadqiqot mavzulari reyestrini yuritish orqali ilmiy tadqiqot yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy ishlanmalar mualliflari va tadbirkorlar uchun ochiq maʼlumotlar maydonini yaratish;
- tadbirkorlar tomonidan oʻz faoliyat yoʻnalishlarida ilmiy tadqiqotlar orqali yechimini topish zarur boʻlgan muammolarni kiritish imkoniyatini yaratish.
Shuningdek, 2026-yil 1-avgustga qadar Maxsus platforma “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasiga integratsiya qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring