Tadbirkorga yer maydoni olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chortoq tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. (muqaddam sudlangan) tadbirkor N.O.ga tuman dehqon bozori hududida joylashgan “Ch.T.” MCHJga qarashli, elektr transformator punkti oʻrnatilgan 49 kv. metr yer maydonini goʻyoki elektr tarmoqlari korxonasida ishlovchi tanishlari yordamida 21 000 AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 6 000 AQSH dollari va 24 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring