Tadbirkor Kasbi tumanidagi olis qishloqlar uchun yangi tez yordam mashinalarini sovgʻa qildi

13:55 24 Dekabr 2022 Jamiyat
496 0

Foto: Xalq so‘zi

Qashqadaryolik saxovatli tadbirkor Nurbek Ergashev Kasbi tumani markazidan ancha olis hududda joylashgan qishloqlar aholisi uchun tez tibbiy xizmat koʻrsatishga moʻljallangan 4 ta zamonaviy avtomobil sovgʻa qildi.

—Tadbirkor bu avtomobillarni oʻz hisobidan 1,2 mlrd. soʻmga xarid qilib, xalq salomatligini muhofaza qilish uchun hadya qilgani eʼtirof va ibratga loyiq,—dedi Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov tantanali marosimda soʻzga chiqib.—Bugun har tomonlama jihozlangan bu tez tibbiy xizmat avtomobillari tumandagi toʻrtta olis hududidagi aholiga beminnat xizmat koʻrsatadi. Buning uchun tadbirkorga Qashqadaryo xalqi, viloyat hokimligi va jamoatchilik nomidan minnatdorlik bildiramiz.

Shunday qilib, Kasbidagi “Gʻalaba”, “Talishbe”, Mirzo Ulugʻbek va Temur Malik nomidagi MFY aholisiga yangi va zamonaviy tez yordam mashinalari xizmat koʻrsatmoqda.

 

Faxriddin BOZOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер