Tadbirkor ikki yarim ming nafar oʻquvchiga qishki kiyim-kechak sovgʻa qildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Toshloq tumanida joylashgan “Amira Textile” korxonasi taʼsischisi, tadbirkor Sherzod Botirov viloyat maktablarida taʼlim olayotgan ikki yarim ming nafar boshlangʻich sinf oʻquvchisiga kuz-qish mavsumiga moʻljallangan kiyim-kechaklar sovgʻa qildi.
2022-yilda ishga tushirilgan ushbu korxonada 400 dan ortiq doimiy ish oʻrni yaratilgan. Hozirda korxonada yiliga qariyb 60 milliard soʻmlik tayyor kiyim–kechaklar ishlab chiqariladi. Mahsulotning salmoqli qismi xorijga eksport qilinmoqda.
— Ayni paytda Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturida faol ishtirok etib, ishsiz yoshlar, xotin-qizlarni kasbga oʻqityapmiz,—deydi Sherzod Botirov. —Yutuqlarimiz bardavomligini taʼminlashda davlatimiz tomonidan biz tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va ragʻbat muhim omil boʻlib xizmat qilayotir.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring