Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahar boʻlimi tomonidan “Jizzaxshahargaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “L.S.” MCHJ masʼul shaxslari korxona ishlab chiqarish sexi tabiiy gaz tarmogʻidan uzilgan boʻlsada, tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa qayta ulanib, jami 857,2 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Zangiota tuman boʻlimi tomonidan tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar A.E. va A.N. “O.T.” MFYdagi raqamsiz uydagi baliqxonani hamda“X.” MFY hududidagi issiqxonani tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻgʻirlik yoʻli ulashib, jami 111,4 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring