Tabiiy gaz va elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

19:30 15 Yanvar 2024 Jamiyat
499 0

Departamentning Boyovut tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.S.” MCHJ masʼul shaxslari “Madaniyat” MFYdagi umumiy ovqatlanish shoxobchasini gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 257 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Xiva shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Q.U.” MCHJning masʼul shaxslari va boshqalar zargarlik buyumlari ishlab chiqarish sexi va doʻkonini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga ulab, jami 178,5 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Samarqand tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT S.Z. oʻzining qolipli non ishlab chiqarish sexini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 136 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер