Suvni maʼlum vaqtlarda emas, uzluksiz uzatish tartibiga oʻtish kerak
Illyustrativ foto
“Xalq soʻzi ONLINE”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Shifokorlarimiz tavsiya qilishyaptiki, qoʻlni yuvishda oqib turgan suvdan foydalanish kerak. Ammo suv vaqti-vaqti bilan uzatilishi bois, koʻpgina hududlarda bu qoidaga amal qilib boʻlmayapti. Natijada turli idishlar yoki boshqa moslamalarning toʻtqichini ushlagan holda foydalanishga toʻgʻri kelyapti. Bu esa virusdan himoyalanish oʻrniga uning tarqalish xavfini oshirishi mumkin. Qolaversa, suvga talab ortgani bois idishlarga toʻldirib qoʻyilgani yetmay qolish ehtimoli ham yuqori boʻlmoqda.
Shu bois taklif shuki, ichimlik suvi taʼminotini amaldagi belgilangan vaqtlarda emas, tunu kun uzluksiz uzatish tartibiga oʻtkazish kerak. Oʻylaymizki, mutasaddi idoralar tez orada bu borada aniq-chora tadbirlar koʻradilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring