Suv taʼminoti qamrovi kengaymoqda

11:08 06 Avgust 2025 Jamiyat
245 0

Andijon viloyatida aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash borasida eʼtiborga molik natijalar qayd etilmoqda. Asaka tumanida yuzlab xonadonlar ilk bor markazlashgan ichimlik suvi tarmogʻiga ulangani ham shundan dalolat beradi.

— Ergashobod mahallasida 7,5 kilometr ichimlik suv tarmogʻi tortildi, nasos stansiyasi va 200 kub metrli rezervuar barpo etildi, — deydi “Andijon suv taʼminoti” AJ xodimi Marhaboxon Nasriddinova. — Bu orqali 260 ta xonadon, yaʼni 1170 nafar aholi uchun suv taʼminoti yaxshilandi. Shuningdek, Olaqanot mahallasida 9 kilometrli tarmoq, 2 ta quduq qurildi. 445 ta xonadon, 2150 nafar fuqaro muntazam ichimlik suviga ega boʻldi.

Bu kabi xayrli ishlar nafaqat Asaka tumanida, balki viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda. Xususan, Jalaquduq tumanidagi Bozorboshi mahallasida yangi qurilayotgan koʻp qavatli uylar uchun 2 kilometrli oqova suv tarmogʻi tortildi. Natijada tuman markazidagi koʻplab yangi xonadonlar ilk bor kanalizatsiya tizimiga ulanishi taʼminlanadi.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер