“Suv nasoslari” soxta cotuvchisi qoʻlga olindi

13:40 29 Iyul 2023 Jamiyat
347 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi 36 yoshli (ayol) S.I. IIOga murojaat qilib, oʻziga tegishli boʻlgan bank kartasidan 21.380.000 soʻm pullari “nomaʼlum shaxs” tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirib olganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyati, Mingbuloq tumanida yashovchi 33 yoshli Yu.B. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan Yu.B., S.I. bilan “Telegram” messenjeri orqali oʻzini “YouTube” videohostingidagi kanal admini sifatida tanishtirib, dala maydonlariga suv chiqarib beruvchi elektr nasosini sotish, oʻrnatish va yetkazib berish xizmati borligini aytib, unga elektr suv nasosini hamda ushbu suv nasosining elektr himoya shitini 21.380.000 soʻmga sotib olishga oʻzaro kelishib, oʻzining bank kartasiga kelishilgan pullarni oʻtkazdirib olib, soʻng yozishmalarni oʻchirib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Yu.B.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер