Suv xoʻjaligi sohasi tashkilotlarini saqlash va dasturlarini amalga oshirish uchun jami 9,2 trln. soʻm mablagʻlar ajratilishi kutilmoqda — Xayrullo Gʻafforov
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida fraksiyalar rahbarlari ham qonun loyihasi boʻyicha fikr-mulohazalarini bildirdi.
Xayrullo Gʻafforov, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari:
— 2024-yil uchun Davlat byudjeti loyihasida ham barcha sohalar qatori atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik muammolarni hal etish uchun byudjetdan ajratilayotgan mablagʻlarga fraksiyamiz aʼzolari alohida eʼtibor qaratdi.
Ayniqsa, byudjetnomada iqlim oʻzgarishlarini oldini olish va unga moslashishdagi muhim instrument hisoblangan “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtishga qaratilgan islohotlar doirasida bir qator loyihalarni joriy etilishi bu borada moliyaviy hujjatning ahamiyatidan dalolat beradi.
Shuningdek, suv xoʻjaligi sohasi tashkilotlarini saqlash va dasturlarini amalga oshirish uchun jami 9,2 trln. soʻm mablagʻlar ajratilishi kutilmoqda. Yoki aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga 1 trln. 260 mlrd. soʻm ajratilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring