Suv filtrlarini ishlab chiqarish loyihasi yoʻlga qoʻyildi
Romitan innovatsion tumanidagi “Navbahor” MFYda “Turon komplekt” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan “Teskari osmos texnologiyasi suv filtrlarini ishlab chiqarish” loyihasi yoʻlga qoʻyilgan.
Loyiha Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 1,338 mln. soʻmga moliyalashtirilgan. Hozirgi kunda loyiha toʻliq ishga tushirilgan boʻlib, u Xitoy, Turkiya va Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilgan texnologiyalardan sifati bilan raqobat qila oladi va narxi arzonligi bilan ajralib turadi.
Bundan tashqari, mahsulotlarni Qozogʻiston va Tojikiston Respublikalariga eksport qilish boʻyicha 900 mln. soʻmga yaqin eksport shartnomalari imzolangan.
— Korxona tomonidan texnik xizmat koʻrsatish ham tashkil qilingan boʻlib, Respublikamizning yirik sanoat korxonalarida oʻrnatilgan suv filtrlari oʻrnatish bilan birgalikda ularga texnik xizmat koʻrsatib kelinmoqda, — deydi “Turon komplekt” MCHJ rahbari Jamshid Sobirov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring