Surxondaryoda toshbaqani bosib, tepgan shaxs jarimaga tortildi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar fuqaro Oʻrta Osiyo choʻl toshbaqasiga nisbatan shafqatsiz munosabat koʻrsatib, uni bosib, tepgani aks etgan videolavha tarqaldi.
Hodisa yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borildi.
Qayd etilishicha, oʻrganish natijasida Denov tumani “Yangikuch” mahallasida istiqomat qiluvchi N.J. va A.S. joriy yil aprel oyida ushbu noqonuniy harakatni sodir etgani aniqlangan. Surishtiruv davomida fuqaro N.J. oʻz harakatini bilmasdan qilganini tan olgan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tuman Ichki ishlar boʻlimi N.J.ga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 111-moddasi asosida BHMning 3 barobari – 1 million 236 ming soʻm miqdorida jarima belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring