Surxondaryoda ruxsatnomasiz ov qurolidan foydalanib, kabutar ovlagan shaxslar ushlandi

12:53 17 Fevral 2026 Jamiyat
277 0

Surxondaryoda noqonuniy ovchilik holati aniqlandi. Bu haqida viloyat Ekologiya boshqarmasi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamkorligida tezkor reyd tadbirlari oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, Jarqoʻrgʻon tumani “Oqtepa” mahallasi hududida Qumqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqarolar X.M. va A.A. ruxsatnomasiz ov qurolidan foydalanib, oʻzboshimchalik bilan har biri 5 tadan kabutar ovlagani maʼlum boʻlgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqarolarning har biriga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 90-moddasi 1-qismi asosida BHMning 25 barobari — 8 mln 240 ming soʻm miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanilgan. Ushbu noqonuniy ovchilik oqibatida 2 mln 60 ming soʻm miqdorida zarar belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер