Surxondaryoda paxta ochildi

19:14 15 Avgust 2020 Iqtisodiyot
1135 0

Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Sardor Nuriddinov” fermer xoʻjaligi dalalarida paxta oʻtgan yillarga nisbatan erta ochildi. Bu haqda viloyati matbuot xizmati xabar berdi.

Xoʻjalik dehqonlari joriy yil hosili uchun 66,3 gektar maydonda dehqonchilik qilib, hudud iqlimiga mos va ertapishar “Besh qahramon” navli gʻoʻza nihollarini parvarishladi. Pandemiya sababli karantin tartibi joriy etilgan bu yilgi sharoitda mirishkorlar uning qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda barcha agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirdi.

Vaqtida mahalliy va mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirilib, qayta ishlov berildi. Sharbat usulida sugʻorish yoʻlga qoʻyildi. Sinovli yilda omilkorlik bilan amalga oshirilayotgan ishlar moʻl hosil toʻplash barobarida uning erta pishib yetilishida ham muhim omil boʻlmoqda.

Bu yil tumanda 194 fermer xoʻjaligi va “Termiz Jayxun MCHJ” paxtachilik klasteri 8 ming gektardan ortiq maydonda “Porloq-1”, «Besh qahramon», “Surxon-14” navli gʻoʻza nihollarini parvarishlamoqda. Shuningdek, yigʻim-terim mavsumiga ham puxta hozirlik koʻrilmoqda. Shu maqsadda Safar Boymatov nomli paxta qabul qilish punktida 176 ta tirkamali texnika yetishtirilayotgan hosilni yigʻishtirib olish uchun shay qilib qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер