Surxondaryoda noqonuniy diniy faoliyatga chek qoʻyildi
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida noqonuniy diniy faoliyatga chek qoʻyildi, deya xabar bermoqda viloyat IIB.
Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida Boysun tumanida noqonuniy diniy saboq berish bilan shugʻullanuvchi shaxs faoliyati aniqlangan. 1989-yilda tugʻilgan, maʼlumoti oʻrta boʻlgan shaxs oyiga 500 ming soʻmdan bir million soʻmgacha boʻlgan miqdorda oʻz uyida 11 nafar voyaga yetmagan bolaga hujra sharoitida turli diniy adabiyotlardan foydalanib, noqonuniy diniy saboq berib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik belgilanib, 10 sutka qamoq jazosi qoʻllanildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring