Surxondaryoda kuzgi daraxt ekish mavsumi boshlandi

10:54 10 Oktyabr 2024 Jamiyat
222 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi mavsumda Surxondaryo viloyatida 6 million 3 ming tup mevali va manzarali koʻchatlar ekilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov M39 xalqaro avtomagistral yoʻlining Termiz va Angor tumanlari tutashgan hududida ilk daraxt koʻchatini ekib berdi. Mavsumni sifatli oʻtkazish, hududlarning tuproq va iqlim sharoitlariga mos daraxt va buta koʻchatlari ekish, har bir koʻchatni sugʻorish, parvarishlash masalasini hal etgach, uni qadash yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdi. Mazkur hududda ekilayotgan koʻchatlarga suv tarash uchun joriy etilayotgan yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasi va uning ishlash jarayoni bilan tanishdi.

Maʼlumot uchun, viloyatda joriy mavsumda I va II toifaga kiruvchi 85 ta sanoat korxonasi tomonidan 455 ming tup koʻchat ekiladi. Shuningdek, 47,16 gektar maydonda “Yashil belbogʻ”, 16 ta “Hokimlik bogʻi”, 17,8 gektar maydonda “Yashil bogʻ”, 23,5 gektar maydonda “Mening bogʻim” loyihasi amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер