Surxondaryoda Konstitutsiya bayrami munosabati bilan 72 ta yangi obyekt ishga tushirildi
Bayram ayyomlarida aholining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan yangi obyektlarni foydalanishga topshirish anʼanaga aylangan boʻlsa, joriy yil ham ushbu ezgu anʼana izchil davom etdi.
Xususan, Surxondaryoda Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan viloyatning shahar va tumanlarida jami 72 ta obyekt tantanali ravishda ishga tushirildi. Ularning tarkibi aholining kundalik ehtiyojlarini qamrab olgan holda shakllandi:
5 ta umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻli,
2 ta ichimlik va oqova suv tarmogʻi,
7 ta ijtimoiy soha obyekti,
49 ta mahallada yoʻl-infratuzilmani yaxshilash loyihalari.

Marosim doirasidagi eng quvonarli voqealardan biri — Termiz davlat universitetida 800 oʻrinli, zamonaviy 8-talabalar turar joyining foydalanishga topshirilishi boʻldi. Viloyat hokimligi, soha mutasaddilari va ziyolilar ishtirokida kechgan ochilish tadbiri talabalar uchun haqiqiy bayram tuhfasiga aylandi.
Shuningdek, barcha 72 ta obyekt onlayn tarzda, “Zoom” orqali foydalanishga topshirilgani tadbirning ochiqligi va zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilganidan dalolat beradi.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring