Surxondaryoda ekin yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olish holati aniqlandi

11:25 09 Oktyabr 2023 Jamiyat
607 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qumqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.M. “Istiqlol” MFY hududidagi “A.Gʻ.” fermer xoʻjaligining 50 sotix sugʻoriladigan ekin yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olib, yerning unumdor qatlamiga zarar yetkazgan holda uy-joy qurishni boshlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер