Surxondaryoda 633 mln soʻmlik elektr oʻgʻirlandi

19:26 06 May 2025 Jamiyat
326 0

Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”

Surxondaryo viloyatida 633 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyatda inspeksiyaning hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Unda Jarqoʻrgʻon tuman “Qoʻshtepa” MFYda fuqaro M.I.ga qarashli suv nasosining elektr hisoblagichi ulanish sxemasini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirgan holda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr taʼminoti korxonasiga 633,4 million soʻmlik zarar yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер