Surxondaryoda 32 nafar bogʻcha bolalarini olib ketayotgan “Damas” toʻxtatib qolindi
Surxondaryoda 32 nafar voyaga yetmagan bolalarni olib ketayotgan «Damas« avtomashinasi toʻxtatib qolingan. Bu haqida viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida joylashgan xususiy bogʻchalardan biri «Damas« avtomashinasida 32 nafar voyaga yetmagan bolalarni hayotini xavfga qoʻyib manziliga olib borayotgan vaqtida Yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan toʻxtatilgan.
YPX xodimlar tomonidan ushbu holat bartaraf etilib, avtomashina kuzatuv ostida bogʻchaga hududiga qaytarilgan.
Shuningdek, mazkur holat yuzasidan viloyat Maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmasiga taqdimnoma kiritilgan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 28-aprel kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumanida ham “Damas” avtomashinasi 25 nafar bogʻcha bolasini olib ketayotgan vaqtda Yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan toʻxtatib qolingan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring