Surxondaryoda 3 kishiga “prava” olib bermoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

17:31 04 Aprel 2026 Jamiyat
450 0

Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyati Denov tumanida haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Denov tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Q.D. qoʻlga olingan. Muqaddam sudlangan ushbu shaxs 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, goʻyoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari orqali “V.,S.” toifadagi haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga jami 17,3 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер